Hindistonning Jammu şahridagi aeroportda 8 may kuni keçqurun portlaşlar yuz berdi, deb yozmoqda AFP.
Hind harbiylarining ma’lum qilişiça, Pokiston şaharga dron va raketalar uçirgan. Reuters muxbirining sözlariga köra, Jammuda elektr energiyasi ta’minoti öçirilgan.
Xavfsizlik xizmati vakillarining qayd etişiça, şahar hududidagi beşta harbiy obekt hujumga uçragan. Ismini oşkor etmagan hind harbiysi Havo hujumidan mudofaa kuçlari Jammuda sakkizta raketani tutib qolganini ma’lum qilgan. Pokiston jami neçta raketa uçirgani noma’lum.
Oldinroq pokistonlik harbiylar Hindiston tomonidan qator hududlar, jumladan, Karaçi va Lohur şaharlariga hamda armiya ştab-kvartirasi joylaşgan Ravalpindi garnizon şahriga uçirilgan 29 ta dronni urib tuşirgan edi.
Hindiston Qurolli kuçlari 7 mayga ötar keçasi «Sindur» operatsiyasini boşlab, Pokistondagi «terrorçilik infratuzimalari» obektlariga raketa zarbalarini yöllagandi. Pokiston ham bunga javob zarbalarini amalga oşirdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, Pokistonda 32 kişi, Hindistonda esa 16 fuqaro halok bölgan.













