O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining o‘rinbosarlari saylandi
Bugun, 5 iyul kuni, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchilik qildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi a'zosi Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida ma'lum qilishicha, yig‘ilish kun tartibida bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi, xususan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosarlari saylandi.
Ittifoqning tashkiliy tuzilmasiga ko‘ra, Markaziy Kengash raisining 6 nafar o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Markaziy Kengash raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka ko‘maklashish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida bungacha «Kamolot» YoIHning raisi sifatida faoliyat olib borgan Tadjiyev Odiljon Fotixjonovich saylandi.
Xalqaro aloqalar, jamoatchilik bilan ishlash, AKTlarni joriy qilish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar sifatida bungacha Yoshlar tashabbuslari markazi raisi sifatida faoliyat olib borgan Beknazarov Kamoliddin Tursunpo‘latovich saylandi.
Ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy masalar bo‘yicha o‘rinbosar sifatida bungacha Xotin-qizlar qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgan Kattaxanova Dilnoza Sobir qizi saylandi.
Tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida esa Shukurov O‘tkirbek Ilxamovich saylandi. O‘tkirbek Shukurov avval ham «Kamolot» YoIHning tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan edi.
Ta'lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosar, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi sifatida Zufarov Murodjon Mirjalolovich saylandi. U bugungi kungacha «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida bugungacha Hisob palatasida faoliyat olib borgan Maqsudov Suhrobjon saylandi.
Mavzuga oid
17:48 / 28.09.2019
«Qolipga solingan fikrlar yoshlarga qiziq emas» - Yoshlar ittifoqini o‘zgartirishga intilayotgan Alisher Sa’dullayev bilan suhbat
15:50 / 25.06.2019
Namanganliklar «Yoshlar va qonun» tanlovida peshqadam bo‘ldi
15:59 / 17.06.2019
Zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi yoshlar uchun «Digital Generation Camp» yozgi oromgohi tashkil etildi
15:46 / 15.06.2019