19:03 / 06.07.2017
24574

Aqlli. Zamonaviy. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan

7 iyul kuni Samsung kompaniyasi yangi SmartTV5 va 6 seriyalarining modellarini taqdim etadi. Taqdimot davomida O‘zbekiston OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. Tadbirda nafaqat yangi televizorlar imkoniyatlarini sinab ko‘rish, balki Samsung kompaniyasi vakillaridan maslahatlar olish mumkin.

SamsungSmartTV5 va 6 seriyalari o‘z imkoniyatlari bilan har qanday mijozni lol qoldira oladi. Barcha dasturlardan foydalanish qulay va osonligi sizni hayron qoldiradi. 

SamsungSmartTV boshqarish smartfondan foydalanish algoritmiga asoslangan. Ya'ni oddiy smartfondan foydalangan har qanday inson hech bir qiyinchiliksiz yangi avlod televizorining barcha texnik imkoniyatlarini o‘rgana oladi. 

Televizorlarning dasturiy ta'minot interfeysi iste'molchiga yaqqol tushunarlidir. SmartTV funksiyalarini masofaviy pult orqali boshqarish mumkin. Barcha imkoniyatlar «birgina qo‘lda» va bir zumda texnik rivojlanishning zamonaviy imkoniyatlari qarshingizda namoyon bo‘ladi.   

Tilni tanlash imkoniyatlari uchun ovozli boshqaruv, Wi-Fi orqali internetga ulanish, veb-brauzer orqali ijtimoiy tarmoqlar, saytlarga kirish, turli dasturlar orqali esa yana ko‘plab imkoniyatlar haqida siz matbuot anjumanida bilib olasiz.  

Televizorni xarid qilgan har bir mijozga bonus tariqasida Samsung kompaniyasi ichki o‘rnatilgan AllPlay xizmatiga bir yil davomida bepul ulanish imkonini taqdim etadi. AllPlay orqali siz allmovies.uz, player.uz, shuningdek IP-TV kanallarini HD formatda tomosha qilishingiz mumkin.

Taqdimotda 43’, 49‘, 55‘ dioganalli 5 seriya hamda 55‘ dioganalli 6 seriya televizorlari namoyish etiladi.

Qachon: 7 iyul soat 15:00
Qayerda: “MEDIAPARK” SM (Qoratosh)

Mavzuga oid
Top