Omma oldida çiqiş qiliş va tadbirlar ötkazişga doir köp maslahatlar ba'zan foydadan köra köproq ziyon keltirişi mumkin. Ular haqida bilib oling va heç qaçon bunday xatolarga yöl qöymang. "Layfxaker" Ommaviy çiqişlar instituti asosçisi, "Hayajonga qarşi sehrli tugma va muvaffaqiyatli çiqişlarning boşqa tamoyillari" kitobi muallifi Irina Barjakning bu boradagi tavsiyalari bilan bölişdi.
1-afsona. Imo-işoralarni qöllang
Bu maslahat köpinça yarimprofessional murabbiy va şunçaki köngillilar tomonidan beriladi. Aslida çiqiş vaqtida imo-işoralar haqida öylaşga hojat yöq - asosiy e'tiborni maqsadga qaratiş muhim. Imo-işoralar maqsadingiz qandayligiga qarab öz-özidan tuğilaveradi. Misol uçun, qöllarni orqaga yiqqan holda insonlarga ilhom baxş etib bölmaydi yo bölmasa, bukçayib olib haq ekaningizni isbotlaş qiyin.

Inson imo-işoralar haqida öylaşni bas qilib, maqsadga e'tibor qaratişi bilan özaro uyğunlaşgan harakatlar öz-özidan kelib çiqaveradi.
2-afsona. Közgu oldida maşq qiling
Maktabdagi har ikkinçi öqituvçi öquvçilarga közgu oldida turib maşq qilişni tavsiya qiladi. Artistlarga esa bunday qiliş taqiqlanadi. Nima uçun? Siz qanday turiş va qanday gapiriş haqida öylasangiz, nima demoqçi bölganingizni unutib qöyasiz va aksinça. Közgu qarşisida çiroyli köriniş hosil qilib, uni sahnada takrorlaşga urinib, siz diqqat obektini özingizga köçirasiz va aynan şunday paytlarda maksimal hayajon paydo böladi.
Nutq sözlaşni tomoşabin oldida turib maşq qiliş kerak. U istagan tomoşabin bölişi mumkin, yaxşisi esa, u ijobiy kayfiyatdagi inson bölgani ma'qul.
3-afsona. Matnni yod oling
Matnni quruq yodlaş iş bermaydi, çunki hayajon kelgan mahal matnni darhol unutasiz. Biz matnni aqlli, çiroyli sözlar bilan boyitib, önğaysiz körinişdan qörqamiz, keyin esa, odatiy nutqqa ötişimiz qiyin keçadi. Buning natijasida çöziq pauzalar ("eee", "anaqa", "nima desam ekan", "haligi" va b.) kelib çiqadi va omma oldida noqulay vaziyatda qolasiz.
Aksariyat matnni köz oldiga qöyib olib, esdan çiqqanda unga qaraydi-da, şoşilganda kerakli jumlani topa olmagaç, özlarini undan-da battar yöqotib qöyişadi. Umuman olganda, matnning foydadan köra zarari köproq.

Eng yaxşi variant - öz sözlari bilan sözlaş, axir siz quruq matndan köra aqlliroqsiz va uni xotirjam bayon qilişingiz mumkin. Tezislarni ajratib oliş, ularni yirik şriftlarda eslatma tarzida yozib oliş va fikringizni öz sözlaringiz bilan bildirişni tavsiya qilaman.
4-afsona. Çiqişingiz muhrlangan videoni baholang
Özingiz tasvirlangan videoni köriş va uni baholaşga doir tavsiyani köp uçratiş mumkin. Biroq tadbir ötib bölganidan söng uni baholab bölmaydi. Boşqa qatnaşgingiz ham kelmay qoladi. Hatto professionallarda ham şunday.
Videoda eng asosiysini topa olmaysiz - tomoşabin bilan özaro aloqa. Bu xuddi rok-konsertni videoda köriş kabi - drayv yöq. Yoki spektaklni olaylik: TV orqali tomoşa qilinganda nima uçun zaldagi tomoşabinlarning yiğlayotgani yo kulayotganini tuşuniş qiyin. Şunday ekan, konsert yoki spektaklni video orqali baholab bölmaydi. Biz özimiz u yerda bölgan taqdirdagina uning qanday ötganini baholaşimiz mumkin. Omma oldida nutq sözlaş ham şunday.
Biz tomoşabinning reaksiyasisiz çiqişimizning yaxşi yo yomon bölganini tuşuna olmaymiz. Videoda köproq kamçilik va xatolarimiz seziladi. Tomoşabinlarning yuz va köz ifodalaridan esa, uni baholaş qiyin emas.
5-afsona. Sizga yot bölgan mavzularda çiqiş qilmang
"Mavzu özingizga yoqsa-ku, mayli, agar şunçaki muayyan mavzudagi ma'ruza bilan çiqiş qiliş kerak bölsa-çi?" - bu savolni yirik korporatsiyalar menejyerlari köp berişadi. Bunday hollarda, artistlar aytganidek, ma'ruza mavzusini közdan keçirib, uning qaysi qismi sizga yaqinroq ekanini belgilab oling va şunday qilingki, savollar aynan şu yönalişda bölsin.

San'atkorlar orasida şunday gap bor: artist sahnadan turib nimani his qilsa va içki nigohi bilan nimani körsa, tomoşabin ham şuni köradi. Agar ma'ruza özingizga yoqmasa, omma ham uni qabul qilişi qiyin böladi. Şunday ekan, tomoşabin bilan aloqaga kirişiş yölini izlang.
6-afsona. "Nima" "qanday"dan muhimroq
Ma'ruzadan grafik va jadvallar örin olgan bölsa, bu yaxşi çiqişning belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ma'lumotlarning qanday taqdim etilişiga esa köp ham e'tibor qaratilmaydi.
Ma'ruza şakli va mazmunining ahamiyatiga doir bahslarga Arastu davridayoq nuqta qöyilgan: biri ikkinçisisiz ahamiyat kasb etmaydi.
Agar siz çiqiş şakli borasida qayğurmasangiz, uning mazmuni tinglovçilarga töliq yetib bormaydi. Murakkab grafiklarni yengil va obrazli vizual qatorlar bilan uyğunlaştiriş muhim, şunda tinglovçi ma'ruzani qabul qilişi osonroq böladi va siz omma oldida muvaffaqiyat qozonasiz.
7-afsona. Pauzalar - yomon
Ma'ruzaçilarni çiqiş oldidan pauza muhimligiga işontiriş juda qiyin. U spikerga diqqatni jamlaşga va zaldagilar e'tiborini qaratişga yordam beradi.
"30 soniya - bu köp!", - deyişadi tajribaçilar. Gitler esa har bir nutqidan oldin 1 daqiqa-yu 15 soniya pauza qilgan. U şu tariqa hammaning e'tiborini öziga qaratişning uddasidan çiqqan.

Muhim ma'lumotdan oldin pauza qançalik uzoq bölsa, u şunçalik katta ahamiyatga ega, deyişadi rejissyorlar. Yaxşi ma'ruzaçilar sahnada biroz öylab olişdan, nimanidir eslaşdan va biroz jimlik saqlab, keyin gapirişdan uyalişmaydi. Bu töxtamay matnni öqiş va sahnadan qoçişdan köra tabiiyroq körinadi. Şunday ekan, pauza olişni maşq qiling, bu juda foydali.
8-afsona. Sinovdan ötgan usullarni qöllang
Odamlar bu usul albatta iş beradi deya, bir-birlariga ğalati maslahatlar berişadi. "Tomoşabinlarni tuvakda ötirganini tasavvur qilişga qança urinmay, bölmayapti", - deya arz qilib qoldi bir kişi. Ma'lum bölişiça, kimdir unga hayajondan qutulişning şunday usulini tavsiya qilgan.
Aslini olganda hayajondan qutulişga maqsadni aniq qöyiş va e'tibor markazini özingizdan tomoşabinlarga köçiriş yordam beradi.
Maqsad qöying. U istalgan, yorituvçi va emotsional maqsad bölişi kerak. Endi esa olğa! Hayajon fondagina qolsin.










