Davlat rahbarining “Yangi Özbekiston” gazetasiga bergan intervyuda aytişiça, kelgusida uy-joy fondini şunday darajaga olib çiqiş kerakki, aholining barça qatlamlari uy-joy sotib oliş va bu borada tanlaş imkoniga ega bölişi lozim.
“Albatta, bu borada turli muammolar ham mavjud va biz ularni joylardagi mahalliy boşqaruv organlari bilan birgalikda hal etyapmiz.
Misol uçun, köpqavatli uylar oraliğidagi böş joylarda qurilişlar qiliş, moratoriy e'lon qilinganiga qaramasdan, daraxtlarni kesiş, yaşil hududlarni kamaytiriş holatlari köpçilikni ranjitmoqda. Ba'zi rahbarlarning beparvoligi yoki manfaatparastligi tufayli turarjoy mavzelarida odamlar sayr qiladigan, sport bilan şuğullanadigan, farzandlari bilan birga toza havoda dam oladigan oçiq joyning özi qolmayapti.
Albatta, biz bunday holatlarga nisbatan qat'iy çoralar körmasdan turolmaymiz. Şuning uçun ham Toşkentda va boşqa yirik şaharlarda yangi qurilişlarni şahar taşqarisidagi hududlarda amalga oşiriş çoralari belgilanmoqda. Turarjoy mavzelari içida kommunal infratuzilmalar – gaz, elektr energiyasi, içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilmasdan, yangi binolar quriş amaliyotiga barham berildi”, dedi prezident.

















