“Men Prezident sifatida iş boşlagan birinçi kunlardanoq öz komandamni haqiqiy holatga mutlaqo aloqasi bölmagan balandparvoz gaplar va “çiroyli” raqamlarni yoqtirmasligimni aytib, qattiq ogohlantirganman.
Qançalik aççiq va noqulay bölmasin, men faqat töğri va haqqoniy ma'lumotni bilişni istayman. Bu men uçun töğri qarorlar qabul qilişga yordam beradi.
Albatta, bu talabni hamma ham tuşunib yetgani yöq, hali ham eskiça usulda ma'lumot berişga urinişlar bölib turadi. Lekin men bunday holatlarga yöl qöymaslikka harakat qilaman. Ana şu haqiqatni tuşunmaganlarning köpçiligi bilan xayrlaşdik va bu masalada talab doimo qattiq böladi.
Xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari, jamiyatimizning kelajagi, farzandlarimizning baxtini ta'minlaşga qaratilgan bugungi islohot jarayonlarining özi şuni talab etmoqda. Bu borada boşqaça yöl tutişga haqqimiz yöq.
Yana bir bor aytaman, rahbar va mutasaddi şaxslar örtasida kimki ana şu ötkir talabni tuşunmasa, qançalik oğir bölmasin, ular bilan xayrlaşamiz”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
«Men faqat töğri va haqqoniy ma'lumotni bilişni istayman» - Prezident
14:29 / 17.08.202142 6092 min
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Yangi Özbekiston” gazetasi boş muharriri Salim Doniyorovga intervyu berdi. Davlat rahbari suhbat davomida özi uçun töğri qarorlar qabul qilişga nima yordam berişini aytib ötdi.












