Tojikiston, Afg‘oniston va Pokiston prezidentlari nimalarni muhokama qilishdi?
Tojikiston hukumatining shahardan tashqaridagi "Pugus" qarorgohida Tojikiston, Afg‘oniston va Pokiston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda prezidentlar Emomali Rahmon, Muhammad Ashraf G‘ani va Muhammad Navoz Sharif ishtirok etdi.
Uchrashuvda CASA-1000 loyihasini amalga oshirish jarayonini tezlashtirishga doir masalalar muhokama qilindi. Tojikiston Respublikasi (TR) davlat rahbarining matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Shuningdek tomonlar temir va avtomobil yo‘llari qurilishi, havo va telekommunikatsiya aloqalari rivoji va uch tomonlama savdo-tranzit kelishuvini imzolash bo‘yicha fikr almashishdi.
Hamkorlikda ko‘rgazmalar, savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va investitsion uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Emomali Rahmon joriy yilning oktabrida Dushanbeda tojik qadimiy bayrami bo‘lgan "Mehrgon"da Tojikiston, Afg‘oniston va Pokiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xalq hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasini tashkillashitirishni taklif qildi.
Tomonlar shuningdek Afg‘onistondagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
21:44 / 09.11.2024