Sport | 14:39 / 06.07.2017
11892
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida pastladi

Xalqaro futbol ittifoqi FIFA iyun oyi uchun terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, jadvalda bir qator o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi.

Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi 579 ochko to‘plagan holda uch pog‘ona pastlab 65-o‘ringa tushib ketdi va Rossiya terma jamoasini (62-o‘rin) oldinga o‘tkazib yubordi. Ammo terma jamoamiz Osiyoning 6-jamoasi o‘rnini saqlab qoldi. 

Osiyoda 7 pog‘onaga ko‘tarilib 23-o‘ringa chiqib olgan Eron terma jamoasi yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Avstraliya 3 pog‘ona yuqorilab (45-o‘rin) 2-o‘rindan joy olgan. Kuchli beshlikni mos ravishda Yaponiya -1, 46-o‘rin), Janubiy Koreya (-8, 51-o‘rin) va Saudiya Arabistoni (-8, 61 o‘rin) terma jamoalari tashkil qilishmoqda.

Shuningdek jadvalning yuqori qismidagi 10ta jamoaning barchasida o‘rinlar almashganini ko‘rishimiz mumkin. Konfederatsiyalar kubogidagi g‘alabadan so‘ng Germaniya terma jamoasi 2 pog‘ona yuqorilab, birinchi o‘ringa chiqib olgan. Braziliya va Argentina terma jamoalari esa 2-3 o‘ringa tushib ketishgan.

FIFA reytingining to‘liq ko‘rinishi bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

FIFA reytingi, Top-10

1 (3). Germaniya
2 (1). Braziliya
3 (2). Argentina
4 (8). Portugaliya
5 (9). Shveytsariya
6 (10). Polsha
7 (4). Chili
8 (5). Kolumbiya
9 (6). Fransiya
10 (7). Belgiya
...
65 (62). O‘zbekiston

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid