Prezident Mirziyoyev: Yoshlar telekanalida yoshlarning hidiyam yo‘q. Quruq safsata!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyunda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qurultoyida ishtirok etib, unda ma'ruza qilgani haqida avval xabar qilgan edik.
Unda, davlat rahbari, bugungi kunda yoshlarga doir siyosatni tanqidiy ruhda baholab, o‘zining keskin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, takliflarini ilgari surdi. Yoshlar muammolari vaqti matbuot, teleradiokanallarda yetarlicha yoritilmayotganini ta'kidladi.
“Yoshlar hayotining o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari ularni qiynayotgan eng muhim masalalar, afsuski, radio va televideniye, gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini to‘liq topolmayapti. Go‘yoki, hamma narsa joyida, olam guliston. Agar, hammasi joyida bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qayerdan paydo bo‘layapti? Nega, yoshlarga oid siyosatga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida OAV, avvalo yoshlar matbuoti churq ham etmaydi.
Mana gazetani o‘qiyman, hammasi zo‘r, besh yuz foiz. Bitta hokim yoshlar bilan uchrashmayapti. Mana bu bo‘lmayapti, u bo‘lmayapti, degan gap yo‘q bizda. Hammasi zo‘r, yest qilamiz. Masalan, Kamolot radiosi, Kamolot internet saytini oladigan bo‘lsak, ularda o‘tkazilgan yuzaki tadbirlar, yengil-yelpi qo‘shiqlar, o‘zini-o‘zi maqtash chiroyli qiyofalardan boshqa narsani deyarli ko‘rmaymiz. Faqat yengil-yelpi lik-lik qo‘shiqlardan boshqa hech vaqo yo‘q. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, hozir shunday”, - dedi Mirziyoyev.
U, shuningdek, o‘z ma'ruzasida “Yoshlar” teleradiokanali faoliyatiga ham tanqidiy yondashdi.
“Yoshlar teleradiokanali o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalana olmayapti. Shu munosabat bilan ushbu kanal faoliyatini kuchaytirish, uning 50 foiz aksiyasini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga tegishli bo‘lishi, uning direktori lavozimi tashkilot Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlash bo‘yicha Bosh vazir A.Aripov, O‘zbekiston MTRK raisi Mirzohidov, adliya vaziri Ikromovga bir oy muddatda tegishli taklif tayyorlash vazifasi topshiriladi.
“Nega desanglar, “Yoshlar” teleradiokanali deydi, ko‘ringlar, yoshlarni hidiyam yo‘q unda. Quruq safsata! U gaplar bo‘lmaydi! Shuning uchun mening bir taklifim bor, bugun Ozodbekni bekorga taklif qilganim yo‘q. Ana shu kanalni eng katta rejissyori, boshlig‘i siz bo‘lasiz!
Ozod shouni yig‘ishtirib qo‘ydinglar, endi boshqacha bo‘ladi. Bu oson emas, byurokratiyadan o‘tib, bunday sharoitlar yaratish, tarixiy kundir.
Shuning uchun Ozodbek, sizga topshiriq, bu televideniyeni. yoshlarni muammolari, dardi, muvaffaqiyati bilan har kuni bir foyda bo‘ladigan qilishimiz kerak.
Aravani birga tortsak, aravaga sizlar bosh bo‘lsalaring juda tez aylanadi, byurokratlar bosh bo‘lsa, endi aylanmaydi. Tanqid qilish kerak. Tanqidning tagi natija. Tanqidning ham ma'nosi bor, ma'rifati, ma'naviyati bor. Tanqid foydali bo‘lishi kerak. Ura-ura bo‘lishi kerak emas”,- degan kuyunchaklik bilan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023
Prezident tadbirkorlar uchun qanday yengilliklarni e’lon qildi?
14:23 / 18.08.2023
«Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu» - Shavkat Mirziyoyev qarsak chalgan tadbirkorlar soliqchilardan noroziligi haqida
22:34 / 28.05.2021