O‘zbekiston | 21:01 / 10.07.2017
22327
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida yangi yo‘l o‘tkazgich quriladi

Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, Qipchoq ko‘chasi temir yo‘l bilan kesishgan joyda uzunligi 1011, eni 28 metr bo‘lgan ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Qipchoq ko‘chasi kengaytirilmoqda. Natijada ushbu ko‘cha Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Toshkent halqa yo‘lini bog‘lab, transportlar harakati uchun yangi qulayliklar yaratadi. 

Davlat rahbariga shu yerda obodonlashtirish ishlariga ixtisoslashgan yangi mashinalar namoyish etildi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid