Jahon | 09:58 / 12.07.2017
4274
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressi Meksika bilan chegarada devor barpo etish uchun 1,6 mlrd. dollar ajratmoqchi

Foto: AFP

AQSh kongressi vakillar palatasining byudjyet masalalari bo‘yicha komissiyasi seshanba kuni Meksika bilan chegarada devor barpo etilishining boshlanishini nazarda tutadigan qonun loyihasini e'lon qilgan, deb xabar beradi Hill gazetasi.

«Asosiy ahamiyat amerikaliklar xavfsizligini ta'minlash va vatanimizni himoya qilishga qaratilgan. Moliyalashtirish haqidagi bu qonun loyihasi janubiy chegaralarimiz bo‘ylab devor barpo etishni boshlash, chegara xavfsizligining mavjud infratuzilmasini kengaytirish, yanada ko‘proq chegarachilarni jalb etish va chegarabuzarlarni ushlash bo‘yicha operatsiyalarni moliyalashtirish uchun resurslar taqdim etadi», — deya nashr AQSh ichki xavfsizlik vazirligi moliya ishlari bo‘yicha qo‘mitasining rahbari so‘zlarini keltirmoqda.

Gazetaning yozishicha, ushbu qonun loyihasi Donald Trampning va'dalaridan biri — bunday devor qurilishi uchun Meksika pul to‘lashi haqidagi va'dasini inkor etadi. 

Ilgariroq AQSh ma'muriyati Meksika bilan chegarada devor qurilishi taklifini 1 oktabrda 2018 yilgi moliya yili byudjyetiga kiritishi xabar qilinayotgan edi.

Noqonuniy migrantlar va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun chegarada devor barpo etish Donald Trampning asosiy saylovoldi va'dalaridan biri edi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid