«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni ta'sis etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 iyuldagi «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risidagi qarori e'lon qilindi.
«Jamiyatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillarini taqdirlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4944-sonli Farmoniga asosan «Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni ta'sis etilsin», deyilgan O‘zA tomonidan keltirilgan qaror matnida.
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan (fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari qarorlari asosida) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlariga beriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlarining ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, har yilning 1 may sanasiga qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda – Respublika kengashi) taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish tartibi Respublika kengashi tomonidan belgilanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida Respublika kengashi raisi (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas'ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarning mahalla tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi va ibratli faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda tuman (shahar) markazlaridagi «Mahalla markazi» majmualari binolariga o‘rnatiladigan «Mahallamiz iftixorlari» axborot peshlavhasining namunaviy shakli Respublika kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi hisobidan mamlakatimiz sanatoriylarida davolanishlari uchun bir marotabalik bepul yo‘llanma olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ko‘krak nishoni takroran berilmaydi.
Mavzuga oid
19:55 / 25.09.2023
«Diniy bag‘rikenglik» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
20:25 / 04.09.2023
«Ibratli oila» ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi
11:08 / 18.03.2023
«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida topshiriladi
23:23 / 27.10.2022