Hujjatda ta’kidlanganidek, sönggi yillarda mahallaning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi aloqadorligini yanada kuçaytiriş, xususan bandlikni ta’minlaş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga yordam körsatiş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlar faoli beşligining özaro muvofiqlaştirilgan faoliyati yölga qöyilib, joylardagi muammolarni mahallaning özida aniqlab, ularni kompleks yondaşuv asosida hal etiş amaliyoti joriy etildi.  

Davlat rahbarining mazkur qarorida uşbu vazifalarni yanada jadallaştiriş va mahalla xodimlarini rağbatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş orqali  ularning faoliyati samaradorligini oşiriş nazarda tutilgan.

Qaror bilan  Özbekiston Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi «Mahalla iftixori» kökrak nişonini ta’sis etiş  töğrisida»gi qaroriga ilovaga muvofiq özgartirişlar kiritildi. Unga köra, «Mahalla iftixori» kökrak nişonini topşiriş vaqti 1 sentabr - Mustaqillik kuni arafasidan 22 mart - Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasiga köçirildi.

Kökrak nişonini munosib nomzodlarga topşiriş vazifasi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi zimmasiga yuklandi.