Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 2,2 tonna guruchning noqonuniy olib o‘tilishi oldini olishdi
Qashqadaryo viloyati bojxonachilari respublikadan tranzit tarzida o‘tayotgan yo‘lovchi poyezdi orqali qariyb 2,2 tonna guruchning noqonuniy olib o‘tilishi oldini olishdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, Nishon tumani “Moskva-Dushanbe” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdida qo‘shni davlat fuqarosi Mirali Safarov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilmasdan turib, vagonning turli joylariga yashirincha joylashtirilgan holda 20 qopdan iborat 1 tonnadan ziyod “alanga” navli guruchni kelgusida sotish maqsadida qo‘shni davlatga noqonuniy tarzda olib o‘tayotganda to‘xtatib qolindi.
Bundan tashqari, uning jinoiy sherigi bo‘lgan qo‘shni davlat fuqarosi Xasan Mirokov ham ushbu qing‘ir yo‘lni tanlab, o‘zi tomonidan to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmasdan, vagonning turli joylariga yashirincha joylashtirgan holda 23 qopdan iborat 1133 kilogramm “lazer” hamda “alanga” navli guruch mahsulotini o‘z yurtiga noqonuniy ravishda olib o‘tayotganda qo‘lga olindi.
Yakunda qo‘shni davlat fuqarolari M.Safarov hamda X.Mirokovga nisbatan tegishli sud organlarining qarorlari bilan jazo choralari qo‘llanildi. Ashyoviy dalil sifatida olingan qariyb 7 million so‘mlik guruch belgilangan tartibda davlat egaligiga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
11:40 / 11.02.2026
Uchta hududda bojxona boshliqlari pensiyaga chiqarildi
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
08:28 / 07.02.2026