Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qarşi tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Qaşqadaryo viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasining davlat mehnat huquq inspektori A.H. muqaddam sudlangani holda firibgarlik sodir etgani ma’lum böldi.

Tekşiruv davomida aniqlanişiça, u özining yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali fuqaro N.H.ni Qarşi şahridagi Respublika ixtisoslaştirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filialiga orastabon lavozimiga işga kiritib qöyişni va’da qilgan.

Buning evaziga inspektor fuqarodan 800 AQŞ dollarini olgan. Tergov jarayonida uşbu mablağning 200 AQŞ dollari hamda 3,3 million sömi qaytarilib, bu holat protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora beriş jinoyatiga iştirokçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda iş böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.