Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Yunusobodga tashrif buyuradi. Tashrif arafasida tumandagi bozorda narxlar keskin tushdi
Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 15 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga tashrif buyuradi.
Davlat rahbari bu haqda 12 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan videoselektor davomida aytib o‘tgan.
Keyingi kunlarda tuman hududidagi bozorlarda soliq idoralari vakillari bo‘lishgan va narxlar keskin tushishi kuzatilgan.
Feysbukdagi «Potrebitel.uz» guruhida foydalanuvchilardan biri bozorda mol go‘shti 20 ming so‘m, qo‘y go‘shti esa 21 ming so‘mdan sotilayotgani haqida yozgan va buni tumanda prezident tashrifi kutilayotgani bilan izohlagan.

Ma'lumot uchun, shaharning boshqa bozorlarida ayni vaqtda go‘shtning bir kilosi narxi 40 ming so‘m atrofidadir.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025