Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:07 / 15.07.2017
2884
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyada qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha eng yirik markaz yopilmoqda
Germaniyada qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha eng yirik markaz sentabr oyida yopiladi. U Berlin-Tempelxof eski aeroporti hududida joylashgan. Bu haqda DPA xabar bermoqda. Hozirgi kunda u yerda taxminan 300 kishi istiqomat qiladi.
Ta'kidlanishicha, markazdagi shaxslar joriy yilning sentabriga qadar boshqa joyga ko‘chirilishi lozim.
2008 yilda ishi to‘xtatilgan Tempelxof aeroporti, 2015 yilda GFRning qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha eng yirik markaziga aylandi. Hozirgi kunda aerovokzal binosi va angarlarda migrantlar uchun xonalar mavjud.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish