Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda yana bir insonga kislotali hujum uyushtirildi
Foto: AP Photo / Sarah Cobbold
Britaniya poytaxti London shahrida yana bir kislotali hujum amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda Skotland-Yard.
15 iyulga o‘tar kechasi shahar sharqidagi Dagenem tumanidagi Ballards-road ko‘chasiga politsiya bo‘linmasi chaqirilgan. Ikki erkak qandaydir "zaharli suyuqlik"ni sepib, mopedni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan.
Mopedni olib qocholmagan bo‘lishsa-da, politsiya g‘arazgo‘ylarni ushlay olgani yo‘q. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan javob berilgan.
Umuman, xabar qilinishicha, bir kunda Britaniya poytaxtida 5 marta kislotali hujum amalga oshirilgan.
Birinchi jabrlanuvchi mopedda harakatlanayotgan vaqtda ikki nafar noma'lum kimsalar kislota sepishadi. Shundan so‘ng, ulardan biri mopedni o‘g‘irlaydi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, boshqa shu kabi hujumlarda yana 4 kishi aziyat chekkan.
Hujumlarni uyushtirishda gumon qilib ikki o‘smir qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026