Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yaponiya aviakompaniyalari yo‘lovchilarni jiddiyroq tekshiradi
Yaponiya aviakompaniyalari 18 iyuldan e'tiboran AQSh so‘rovi bilan yo‘lovchilarni samolyot bortiga kiritishdan avval ularni jiddiyroq tekshiruvdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu choralar samolyot bortiga qo‘l yukida olib o‘tilayotgan elektronika jihozlar: noutbuk, planshet, elektron kitob va fotoapparatlarga tegishlidir, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Ayni vaqtda, ushbu choralar barcha yo‘lovchilarga joriy etiladimi yoki faqat AQShga parvoz qiladigan yo‘lovchilarga tegishlimi, degan savol ochiq qolayapti. Biroq, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshiruvchi 7 ta aeroportida kuchaytirilgan tekshiruvlar yo‘lga qo‘yiladi. Bular Tokioning Narita va Xaneda havo gavanlari, Kansay, Sin-Titose, Senday, Tyubu va Fukuoka aeroportlaridir.
Mart oyi oxirida Amerika hukumati Misr, Iordaniya, Qatar, Kuvayt, BAA, Saudiya Arabistoni va Turkiyaning 10ta yirik aeroportidan AQShga uchadigan yo‘lovchilarni tekshirish talablarini kuchaytirdi. Ular samolyotlar bortiga mobil telefondan katta bo‘lgan elektron qurilmalarni olib o‘tishlari taqiqlandi.
Vashington ushbu mamlakatlardan uchayotgan yo‘lovchilar samolyot bortiga kompyuter ko‘rinishidagi portlovchi qurilmalarni olib o‘tish ehtimolidan xavfsiramoqda. Aviakompaniya bu talablarni bajarmasa, uning Amerika parvozni amalga oshirish litsenziyasi bekor qilinadi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026