Jamiyat | 23:49 / 19.07.2017
19512
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi «poyonsiz» kitob tunneli (foto)

Xitoy sharqidagi Yangchjou shahrida joylashgan kitob do‘koni va kutubxonani ko‘zgu illyuziyasidan foydalanib, «poyonsiz» labirintga aylantirishdi, deb yozadi Tjournal

Kutubxona intererini Shanghaydagi XL-Muse Architects studiyasi loyihalagan, ular xitoylik shoirlar tomonidan madh etilgan, toshdan yasalgan arkasimon ko‘priklarga ega Yangchjoudagi mashhur kanaldan ilhomlanishgan.

Yangi dizaynning g‘oyasi shundan iboratki, bu yerga tashrif buyurgan odam o‘zini «kitoblar daryosi»ga tushib qolgandek his qilmog‘i kerak.

Foto @emmi.chen
Foto @yyouuuuuuuu
Foto XL-Muse Architects
Foto XL-Muse Architects
Foto Weibo

Lekin do‘kondagi bolalar adabiyoti zali uslub jahatidan picha farqlanadi: uning bezatilishi yulduzli osmon ostidagi tungi shaharni eslatadi. 

Foto XL-Muse Architects

Mavzuga oid