Lu Şay 21 aprel kuni Fransiyaning LCI telekanaliga intervyu bergan. Xitoylik diplomat 2014 yili Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrimni «boşdan boş Rossiyaga tegişli bölgan»ini ta’kidlagan va Nikita Xruşçyov «sovet ittifoqi davrida Qrimni Ukrainaga sovğa qilgani»ni eslatgan.
Lu Şay, şuningdek, sobiq SSSR davlatlari «xalqaro huquq borasida samarali statusga ega emasligi, çunki ularning statusiga suveren davlatlar kuçini taqdim etuvçi xalqaro kelişuv yöqligi»ni ham ta’kidlagan. Elçi şuningdek possovet çegaralari masalasida «behuda munozaralar»ni bas qilişga ham çaqirgan.
XXR elçisining intervyusi e’lon qilingaç Estoniya taşqi işlar vaziri Margus Tsaxkna Xitoyning Fransiyadagi elçisining bunday bayonotlari «qayğuli» va tuşunarsiz ekanini aytib çiqdi. Estoniya TIV Xitoyning Tallindagi elçisini çaqirtirmoqçi. «Bizning maqsadimiz — bunday közqaraşlar noma’qul, Estoniya — suveren davlat ekanini tuşuntirib qöyiş», — degan Tsaxkna.
Litva taşqi işlar vaziri Gabriyelyus Landsbergis Lu Şayning bayonoti «Boltiqböyi davlatlari Xitoyning «Ukrainada tinçlik örnatiş uçun vositaçlik qilişi»ga nega işonmasligi» borasidagi sabablardan biri ekanini aytgan.
Latviya taşqi işlar vaziri Edgar Rinkeviç, öz navbatida, elçining sözlaganlari «mutlaqo noma’qul» ekanini ta’kidlagan. «Biz Xitoy tomonidan tuşuntiriş va bu bayonotni töliq rad etib çiqişlarini kutamiz», — degan Rinkeviç.
Ukrainaning Fransiyadagi elçisi Vadim Omelçenko, öz navbatida, XXR elçisining «geografiya borasida körinib turgan muammolari borligi»ni aytgan. Bayonot rasmiy Pekinning «Ukrainada xalqaro huquq, BMT Nizomi maqsadlari va prinsiplari asosida tinçlik örnatiş böyiça sa’y-harakatlari» borasidagi pozitsiyasiga zid kelişini ta’kidlagan.
Fransiya Taşqi işlar vazirligi Xitoy elçisining bayonotlaridan «taşvişga tuşgani»ni ma’lum qilib, Pekinni öz pozitsiyalarini aniqlaştirişga çaqirgan, deb xabar beradi LCI.

















