Özbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

2023 yilning yanvar-mart oylarida Özbekiston importida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinçi örinni egalladi. Uşbu davlatdan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga köra, keyingi örinlardan 1,6 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 807 mln dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozoğiston joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi: 

—  Germaniya – 655 mln;
—  Koreya – 594 mln;
—  Turkiya – 460 mln;
—  Turkmaniston – 218 mln;
—  Litva – 180 mln;
—  Braziliya – 175 mln;
—  Şveytsariya – 143 mln AQŞ dollari.