16:03 / 21.07.2017
8075

Mourino «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin haqida fikrlarini bildirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino International Champions Cup turniri doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida
«Bu yaxshi chigalyozdi mashg‘ulot bo‘ldi. Mavsumoldi yig‘ini rejalashtirayotganimizdayoq bu haqda o‘ylaganmiz: MLS klublariga qarshi ikki o‘yin va keyin dunyoning kuchli klublari bilan bahs.

Ko‘rinib turibdiki, «Man Siti» – Amerika klublari bilan taqqoslaganda ancha kuchli jamoa. Ular bizni diqqatni yo‘qotmasdan o‘ynashga majbur qila olishdi, himoyada sifatli o‘yin ko‘rsata oldik.

Demak aytish mumkinki, bu fantastik mashg‘ulot bo‘ldi. Futbolchilar ancha ter to‘kishdi, o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Menimcha, Gvardiolaning ham».

Lukakuning tezligi, kuchi va hujumni yakunlash iqtidori haqida
«Biz nafaqat uning individual mahoratini, balki, jamoaviy o‘yinga kirishib ketishini kuzatdik. U to‘pni o‘zida ushlab tura oladi, jamoadoshlari ochilishini kutadi va jamoaga pressingdan chiqib, raqib hududida to‘pni nazorat qilishida yordam ko‘rsatadi.

Odamlar gollarni, vaziyatlarni kuzatishadi, ammo murabbiy sifatida men o‘yinga boshqa rakursdan qarayman. Men uning harakatlaridan muxlislar kabi quvonmasligim mumkin. Biz Romelu bilan yig‘in boshlash arafasida shartnoma tuzdik, o‘tgan 10 kun ichida uning maydondagi harakatlari jamoadoshlari bilan o‘zaro hamfikr bo‘lib o‘ynashida muhimdir».

Reshfordning hujumdagi pozitsiyasi haqida
«Ularni hujumda birga ko‘rish ajoyib. Bizda uch o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi, biz uch xil sxemadan foydalandik. Bugun biz «o‘nlik» hujumchi qo‘lladik. Ishlashda, rivojlanishda davom etamiz».

Quruq o‘yin – bu ijobiy ko‘rsatkich
«Ha, De Xea va Romero ijrosida ajoyib seyvlar ko‘rdik, bu juda zo‘r».

Himoya haqida
«Biz bu o‘yinning ikki bo‘limida turli himoya to‘rtliklarini tushirdik. Faqat Valensiya boshqalardan ko‘proq o‘ynadi, chunki, u avvalgi o‘yinda kam vaqt maydonda bo‘lgandi. «Real» bilan ham biz shunday o‘ynaymiz. Biz bu yerga barchani sinab ko‘rish uchun kelganmiz. Hammasi yaxshi ketmoqda».

Mavzuga oid
Top