Madridning «Real» klubi prezidenti saylovida ğolib çiqqan Florentino Peres jamoaga Joze Mourino boş murabbiy etib tayinlanişini e’lon qildi.
Ispaniya klubining 2030 yilgaça bölgan prezidenti lavozimiga qayta saylangan Peres portugaliyalik mutaxassisning Madrid jamoasiga qaytganidan mamnunligini bildirdi.
Saylov natijalari e’lon qilingaç, 79 yoşli Peres şunday dedi: «Men bu yerga «Real»ni himoya qiliş uçun keldim. Biz «Real»ning çempionlikni qölga kiritişda davom etişi uçun işlaymiz. Biz dunyodagi eng yaxşi stadion - «Santyago Bernabeu» bilan faxrlanamiz. Biz dunyodagi eng yaxşi futbolçilarimiz borligidan va dunyodagi eng yaxşi murabbiylardan biri, haqiqiy madridlik Joze Mourino qaytib kelayotganidan faxrlanamiz. Şubhalanmang: men prezident bölganimda, «Real» öz a’zolarining klubi bölgan va şunday bölib qoladi», dedi u.
Klub bayonotida aytilişiça, Peres umumiy yiğilişda 21741 (65 foiz) ovoz olib, prezident etib saylangan. Uning raqibi Enrike Rikelme 11814 ta ovoz (35 foiz) töpladi.
Mourino 2010 yildan 2013 yilgaça «Real»da işlagan. Uning qöl ostida jamoa Ispaniya çempionati, kubogi va Superkubogini qölga kiritdi. Ötgan mavsum yakunlariga köra, madridliklar birorta ham sovrinni qölga kiritolmadi.