22:01 / 21.07.2017
8584

Tailandlik general migrantlarga noinsoniy munosabatda bo‘lgani uchun 27 yilga qamaldi

Foto: Athit Perawongmetha / Reuters

Tailand poytaxti Bangkok shahri sudi general Manus Kongpanni poraxo‘rlik va migrantlarga nisbatan noinsoniy munosabatda bo‘lganligi uchun 27 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib, Lenta.ru xabar qilmoqda.

Tergov 2015 yilda janubdagi Songkla viloyatida, asosan, rohinja xalqiga mansub insonlarning ommaviy dafn etilgan joyi topilganidan so‘ng boshlangan edi. 

Kontrabandachilar odamlarni Myanma va Bangladeshdan Tailandga jo‘natishgan. Kongpan esa Tailandga noqonuniy kirib kelgan migrantlarni ekstraditsiya qilishga javobgar shaxs bo‘lgan. Uning rahbarligida harbiylar migrantlarni motorsiz, eshkaksiz va yelkansiz qayiqlarga o‘tqazib, dengizga qo‘yib yuborishgan va oqibatda ularning ko‘pchiligi yo‘lda nobud bo‘lgan.

Bu ishga aloqadorlikda gumonlangan jami 62 kishi sudlangan.

Generalning o‘zi migrantlarga yomon munosabatda bo‘lganini qat'iyan rad etib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, general ularga yordam bergan, cho‘ntagidagi pullarni sarflab, migrantlarga taom va suv olib bergan.

Rohinja xalqi Myanmaning g‘arbiy hududlarida istiqomat qiladi. Islom diniga itoat etuvchi bu xalq buddaviy birmaliklar tomonidan uyushtirilgan bosimga chidash bera olmay, ko‘pincha qo‘shni davlatlarga qochib o‘tishadi. 

Mavzuga oid
Top