Jahon | 11:07 / 22.07.2017
10443
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR yadro davlatlari klubiga kirishga juda yaqin turgani aytildi

AQSh Milliy razvedkasi direktori Deniyel Koutsning Aspendagi xavfsizlik bo‘yicha forumda ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya uning mamlakati uchun haqiqiy tahdidga aylanib bormoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Deniyel Kouts. Foto: Sputnik

«Fikrimcha, ular yadro klubi eshigidan kirish uchun yana qandaydir ishni qilishi lozim. Ular bu maqsadga erishish yo‘lida aql bilan harakat qilmoqda», - degan Kouts «KXDRni yadro davlatlari klubi a'zosi, deb hisoblash va unga bunga yarasha munosabatda bo‘lish vaqti kelmadimi» degan savolga javob qaytarib.

Uning ta'kidlashicha, AQSh «har bir sinov bilan ko‘plab tadqiqotchilik ma'lumotlari kelib tushayotganini» ko‘rmoqda hamda Shimoliy Koreya «AQSh uchun haqiqiy tahdidga aylanmoqda».

Koutsning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In juda noodatiy insonlardan bo‘lib, u «omon qolish harakatida».

«U tentak emas», - deya aniqlik kiritgan Kouts.

Avvalroq AQSh o‘z fuqarolariga KXDRga borishni taqiqlagani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid