23:50 / 22.07.2017
33693

Sizni hech qachon uyatga qo‘ymaydigan videoregistratorni qanday tanlash kerak?

Kerakli vaziyatda videoregistrator sizning eng yaxshi guvohingizga aylanishi va aybsizligingizni isbotlab berishi mumkin. Shu sababli xarid qilayotganda, bu qurilmani sinchiklab tanlash kerak bo‘ladi, deb yozadi Lifehacker.ru.

 

Tuzilishi

Ayni paytda turli tuzilishlarga ega videoregistratorlarni xarid qilish mumkin. Ularning har birida o‘zining afzalliklari va kamchiliklari bor.

 

An'anaviy

Kamera, boshqaruv bloki va ekran yagona korpusda joylashgan. O‘zining nisbatan soddaligi bilan afzal, registratorga bitta quvvatlash simi boradi. Buning kamchligiga uning o‘lchami katta ekanligini kiritish mumkin, ayniqsa, ekrani buklanmasa.

 

Modulli

 

 

Kamera va asosiy blok, kamroq hollarda ekrani ham alohida qismdan iborat bo‘ladi. Mo‘'jaz kamera e'tiborni jalb qilmaydi, boshqaruv bloki esa dastlabki sozlab olishdan so‘ng yuk bo‘lmasiga solib qo‘yiladi va zarur holatlarda chiqariladi. Kamchiligi, simlari juda ko‘pligi va narxining balandligi.

 

Ko‘zgu

 

 

Registratorning barcha «ichak-chavog‘i» orqani kuzatish ko‘zgusining ichiga yashiringan va asosiy ko‘zguga biriktiriladi. Kamera uning ortida joylashgan va o‘chiq holatda umuman ko‘zga tashlanmaydi. Qulaylik va mo‘'jazlikka qarshi dalil sifatida uning narxi o‘ta qimmatligi va mashinadan tashqarida foydalanib bo‘lmasligini keltirish mumkin.

 

Gibrid qurilmalar

 

Bunday videoregistratorlar navigator yoki radar-detektor bilan qo‘shma tarzda tayyorlangan. Hattoki mashinadan tashqarida ekshn-kamera sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan modellari ham uchraydi. Ularning ustunligi universalligida, lekin bu ham qimmat kameralar toifasiga kiradi.

 

Ruxsat etilgan zichligi

Matritsaning ruxsat etilgan zichligi — s'yomka sifati, demakki, favqulodda holatlarda o‘zingizning haqli ekanligingizni isbatlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan asosiy parametr hisoblanadi. Hozir uchta asosiy standart mavjud: HD, Full HD va Super HD. Eskirgan VGA formatli kameralar hozir deyarli uchramayapti, yanada zamonaviyroq 4K formatdan foydalanish qimmatligi va fayllarning hajmi o‘ta katta bo‘lishi tufayli samarasiz.

HD. Bu standartdagi videoregistratorlar  1280×720 piksel zichlikda rolik yozadi. Hozir bu zarur minimum hisoblanadi, byudjyetli qurilmalar aynan shunday matritsalar bilan ta'minlanmoqda. Ular kadrlarning chetini suvab yubormaydi, obektlar chegarasini aniq-tiniq suratga oladi.

Full HD. Bu formatni qo‘llovchi qurilmalar 1920×1080 piksel zichlikda suratga oladi va yo‘ldagi holatlarni aniq manzarasini muhrlaydi. Videoda barcha obektlar va yozuvlar, davlat avtomobil raqamlari aniq-tiniq ko‘rinadi.

Super HD. Bu formatli videoregistratorlar 2304×1296 piksel zichlikda videotasvirga oladi. U detallashtirishning yanada kuchli aniqligini taqdim etibgina qolmasdan, kadrning kerakli qismini kattalashtirib, zarur detallarni yanada aniqroq ko‘rish imkonini ham beradi.

Ayni paytda Full HD formatli videoregistratorlar optimal hisoblanadi. Lekin oddiy HD formatlilari ham hamon safda, agar byudjyetingiz cheklangan bo‘lsa, bemalol o‘shanaqasidan ham xarid qilishingiz mumkin.

Agar videoregistratordan maksimum natija talab qilsangiz Super HD formatli modellarga qarang. Bunday qurilmalar tezkor va sig‘imli xotira kartalari talab etadi, biroq sizga u kinematografiya sifatini taqdim etadi.  

Bu parametrni baholashda hushyorroq bo‘ling. Ayni paytda ko‘rsatkichlari oshirib yozilgan unchali qimmat bo‘lmagan ko‘plab videoregistratorlar uchraydi, uni ishlab chiqaruvchilar interpolyatsiya — past sifatni yuqori sifatgacha cho‘zish bilan ta'minlashgan. Bunday qurilmalar sifati past, xira kartina suratga oladi va detallashtirish darajasi ham past bo‘ladi.

 

Ko‘rish burchagi

Bu ham videoregistrator ishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda muhim parametr hisoblanadi. Ko‘rish burchagi qanchalik katta bo‘lsa, yo‘l qismi va chetining shunchalik ko‘p qismi kadrga tushadi. U gorizontaliga 120, diagonaliga 145 gradusdan kam bo‘lmasligi kerak. Alohida e'tibor qarating: ayrim ishlab chiqaruvchilar quti ustiga ataylab diagonal burchakni yozishadi, u esa shundoq ham katta bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar ba'zan mexanik ko‘rish burchagini yozishadi, bu esa past sifatda yozishda kerak bo‘ladi. Masalan, Full HD formatda yozishda 90–100 gradus qamrab olinadi, biroq HD formati tanlansa, burchak 120 gradusgacha kengayadi.

Yana shuni nazarda tuting: juda katta ko‘rish burchagi (gorizontaliga 170 gradusdan ortiq) kadrning chetlarini aylanalashtiradi va «baliq ko‘zi» effektini hosil qiladi. Bunday ko‘rish burchagi shahar bo‘ylab yurganda foydali, chunki past tezlikda qo‘shni polosalar va yo‘l chetini ham suratga olish imkonini beradi. Shosse bo‘ylab katta tezlikda harakatlanganda bunday ko‘rish burchagining foydasidan zarari ko‘proq bo‘ladi.

 

Biriktirish turi va mexanizmi

Biriktirishning eng keng tarqalgan varianti — vakuumli so‘rg‘ich va ikki tomonlama skotch hisoblanadi. Ba'zi bir videoregistratorlarda har ikki biriktiruv bo‘ladi. Bu holatda so‘rg‘ich yordamida videoregistratorni optimal joyga o‘rnatib, skotch yordamida doimiy qotirib qo‘yish kerak.

Vakuumli so‘rg‘ich registrator holatini osongina o‘zgartirish imkonini bersa-da, uning hajmini kattalashtiradi.

 

Quvvatlanish

Barcha videoregistratorlar mashina tarmog‘idan quvvat oladi. Adapter o‘t oldirgich yoki rozetkaga ulanadi. Shundan so‘ng sim mashina old oynasining perimetri bo‘ylab registrator o‘rnatilgan joygacha tortiladi.

Videoregistatorlarning ko‘pchiligi o‘z akkumulyatoriga (olinadigan yoki olinmaydigan) ega, ular mashina to‘satdan o‘chib qolsa yoki shoshilinch vaziyatlardan undan foydalanish imkonini beradi. Akkumulyator sig‘imi ana shunday sharoitlardan bir necha daqiqa ishlab berishi mumkin.

 

Qo‘shimcha funksiyalar

Albatta, videoregistatorlarda yana bir nechta turli parametrlar va funksiyalar bo‘ladi. Lekin ularning bu qadar ko‘pligini ham yaxshi sifat, deb bo‘lmaydi, aslo.

 

Foydali funksiyalar

Zarba datchigi. Bunaqasi hammasida ham bor, to‘qnashuv, shoshilinch tezlashish va tormozlanish, shuningdek, mashina ag‘darilganda suratga olingan videolarni siklik qayta yozilishdan himoyalaydi.

WDR (Wide Dynamic Range). Bu funksiya kadrning turli uchastkalarida yorug‘likni ma'yoriga keltiradi. Tunda qarshidan kelayotgan mashinalar chirog‘idan, kunduzi quyoshdan tushadigan yog‘duning s'yomka sifatiga ta'sirini kamaytiradi.

GPS-modul. Bu yo‘nalish va koordinatalarni yozib boradi, tezlik oshganda yoki YPX maskaniga yaqinlashganda bildirib turadi.

Tovush signallari. Yo‘ldagi chiziqlardan chiqib ketganda bildirib turadi yoki uzoq yo‘lda tunda rulda uxlab qolishning oldini oladi.

Tasvir barqarorligi. Mashina harakatlanayotganida tasvirga olishda kadrlarning sakrashiga monelik qiladi.

Harakat detektori. Kadrda harakat kuzatilganda avtomatik tasvirga olish bilan shug‘ullanadi. Avtomobil to‘xtash joylarida mashinaga zarar yetkazilganda aybdorni topishda asqotadi.

 

Befoyda funksiyalar

HDMI. Videoregistratorda suratga olingan videoni televizorda qayta ko‘rishdan biror ma'ni yo‘q. Dalolatnomaga xotira kartasi qistiriladi va sudda o‘sha dalil bo‘lib xizmat qiladi.

Sensorli ekran. Juda noqulay va oddiy fizik tugmalarga barcha jabhalarda yutqazadi.

Foto suratga olish. YTH joyini fotosuratga olmaysizku, to‘g‘rimi? Agar shunday qilish zaruriyati tug‘ilganida ham, buning uchun yoningizda doimo smartfon bor.

Yorug‘lik diodli yoritish. Nazariy jihatdan tunda s'yomka sifatini oshirishi kerak, amalda esa bu vazifani mutlaqo eplay olmaydi.

Top