Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtdagi arzonlashtirilgan yarmarkalarda kameralar bozor ma’muriyati hisobidan o‘rnatilyapti
Toshkent shahar hokimiyatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bunga bozor rahbariyatlari o‘z hisobidan kelib chiqib mablag‘ ajratgan. Kameralar nazoratiga bozor rahbari va xodimlari mas’ul, agar yarmarkadagi sotuvchi xaridorga mahsulotni qimmat sotishi aniqlansa, ma’muriyat tomonidan savdodan chetlashtiriladi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Yaqinda Toshkent shahar bozorlaridagi arzonlashtirilgan yarmarkalarning barchasida kuzatuv kameralari o‘rnatilayotgani xabar qilingandi. Poytaxt hokimligi buni rastalarda belgilab qo‘yilgan narxdan qimmatga sotish holatlariga qarshi kurashish maqsadi bilan izohlagandi.
Kun.uz kameralar kimning hisobidan qo‘yilyotgani, uning nazorati va mahsulotlar qimmat sotiladigan bo‘lsa, kim qanday tartibda chora ko‘rishi haqida shahar hokimiyatiga savollar yuborgandi.
Hokimlik munitsipal aktivlarni boshqarish boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, joylardagi dehqon bozorlarida tashkil etilgan savdo yarmarkalariga o‘rnatilayotgan kameralar bozorlarning (aksiyadorlik jamiyat yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat) hisobidan, o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rnatilmoqda.
Ularni nazorat qilish bozorlarning mas’ul xodimlariga yuklatilishi, shuningdek jamiyat rahbarining shaxsiy nazoratida bo‘lishi qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, agarda sotuvchi xaridorga mahsulotni belgilangan narxdan qimmat sotishi aniqlansa, bozor ma’muriyati tomonidan yarmarka savdosidan chetlashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bu tashabbus hokimlik va prokuratura departamenti tomonidan iste’mol mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etish maqsadida ilgari surilgani aytilgandi.
Hozirda Mirobod dehqon bozori va Eski Juva (Chorsu) bozorida kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari yakunlangan.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda va tez orada poytaxtning barcha yirik bozorlaridagi arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
20:05 / 23.12.2025
“Hokimlar va’dasiga ishonib sarson bo‘ldik” – Rishtonda tadbirkorlar buyum bozorini tiklab berishlarini so‘ramoqda
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
12:24 / 19.11.2025
Bozorlarda tijoriy syomka pulli bo‘lgani oddiy vizitorlarga taalluqli emas - hokimlik
09:33 / 19.11.2025