Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey yana 4 yil Britaniya bosh vaziri bo‘lib qolishi bashorat qilindi
Buyuk Britaniya transport vaziri Kris Greylingning Daily Telegraph’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, mamlakat bosh vaziri Tereza Mey o‘z lavozimini kamida 2020 yilgacha saqlab qoladi.
Uning ishonch bildirishicha, Mey 2019 yilning martida Brexit ro‘y berganidan so‘ng ham bosh vazir sifatida ishlashni davom ettiradi, sababi Konservativ partiyada katta qo‘llab-quvvatlovga ega.
«Uni bosh vazir sifatida ko‘rishni xohlamoqdaman va o‘ylashimcha, shunday bo‘ladi ham», - dedi u Mey 2020 yilda ham bosh vazir bo‘lib qoladimi, degan savolga javob qaytarib. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Vazirning fikricha, Mey keyingi saylovlarda ham ishtirok etishi mumkin va u g‘alabaga yaxshi imkoniyatlarga ega. Greyling – Meyning hozirgi hukumatida unga eng yaqin vazirlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026