Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada odamlarga motorli arra bilan hujum qilgan kimsa shaxsi aniqlandi
Shveytsariya politsiyasi Shaffxauzenda odamlarga motorli arra bilan hujum qilgan kimsa shaxsini aniqladi. Jinoyatchi 51 yoshli Frank Vruzis ismli shaxs bo‘lib chiqqan. Vruzis oxirgi bir necha hafta shahar atrofidagi o‘rmonda yashagan, deb xabar bermoqda Blick nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Vruzisning doimiy yashash joyi yo‘q bo‘lib, u oxirgi vaqtda Shaffxauzendan 2 km uzoqlikdagi Uvizen obshinasida yashagan. Mahalliy aholining aytishicha, u o‘zini ba'zida tajovuzkor tutgan.

Vruzis avval kvartira ijaraga olgan odamlardan birining aytishicha, Vruzis avariyaga uchrab, jarohat olganda unikiga joylashgan. Jinoyatchini bilgan yana bir guvohning aytishicha, u o‘zi uchun yolg‘iz yashashni istayotgani va tog‘larga ketmoqchi bo‘lganini aytgan.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, Vruzis CSS Assurance sug‘urta kompaniyasi mijozi bo‘lgan. Ayni vaqtda Vruzis qidirilmoqda, huquq-tartibot idoralari esa u "xavfli, tajovuzkor va ruhiyatida muammolarga egaligidan" ogohlantirgan.
Avvalroq Shaffxauzen shahrida noma'lum qimsa odamlarga hujum qilgani ma'lum qilingan. Hujum oqibatida 5 kishi jarohat olgan, ulardan 2 nafarining jarohatlari jiddiy. Hujum CSS Assurance sug‘urta kompaniyasi filialida amalga oshirilgan. Jinoyatchi voqea joyidan avtomobilda qochib qolgan.