Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odamlarga motorli arra bilan hujum qilgan bosqinchi qo‘lga olindi
Shveytsariya politsiyasi Shaffxauzen shahrida motorli arra bilan 5 kishiga jarohat yetkazgan erkakni qo‘lga oldi. Ta'kidlanishicha, tergov haqidagi batafsil ma'lumot keyinroq taqdim qilinadi.
Bild nashri ma'lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tergovga bag‘ishlangan katta matbuot-anjuman o‘tkazmoqchi. Anjuman bugun, 26 iyulda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
24 iyulda erkak motorli arra bilan sug‘urta kompaniyasi xodimlariga hujum qilgan, so‘ngra voqea joyidan yashiringan. Hujum oqibatida 5 kishi jabrlangan, ulardan 2 nafari jiddiy jarohat olgan. Bosqinchi 51 yoshli Frank Vrouzis ismli shaxs bo‘lib chiqqan. U oxirgi vaqtda Shveytsariya janubi-sharqidagi Graubyundenda yashagan va o‘zining tajovuzkorligi bilan ma'lum bo‘lgan. U qilmishlari uchun 2014 va 2016 yillarda sud oldida javob bergan.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026