Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonning oltita tumanida yoshlar o‘z yetakchisini sayladi
25 iyul kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyatidagi, Xonobod shahri, Baliqchi, Oltinko‘l, Xo‘jaobod hamda Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashlarida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan yig‘ilishlarda tashkiliy hamda Ittifoqning ijroiya qo‘mita a'zolarini saylash masalalari ko‘rib chiqildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishlarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashining raisi N.Yusupov, viloyat hokimining o‘rinbosari S.Ismoilov, Ittifoqning viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarlari, shahar va tuman hokimlari, Ittifoqning Kengash a'zolari, faol yoshlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Kengash a'zolari tomonidan Ittifoqning Xonobod shahar Kengashi raisi etib Mavlonqulov Farhod Baxtiyorjon o‘g‘li, Baliqchi tuman Kengashiga Aliboyev Bekzod Qudratilla o‘g‘li, Oltinko‘l tuman Kengashiga Ismoilov Zafarbek Poziljonovich, Xo‘jaobod tuman Kengashiga Xamdamov Shoxruhmirzo Abduraimjon o‘g‘li, Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashiga Mirzaqobulov Nazarbek Maxmudjon o‘g‘illari bir ovozdan tuman Kengash raislari etib saylandilar.
Yig‘ilishlarda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining muammo va takliflarini bildirib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini faoliyat samaradorligini yanada oshirishda yangi saylangan raislar bilan birgalikda ish olib borishlari to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.





Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
17:48 / 28.09.2019
«Qolipga solingan fikrlar yoshlarga qiziq emas» - Yoshlar ittifoqini o‘zgartirishga intilayotgan Alisher Sa’dullayev bilan suhbat
15:50 / 25.06.2019
Namanganliklar «Yoshlar va qonun» tanlovida peshqadam bo‘ldi
15:59 / 17.06.2019
Zamonaviy texnologiyalarga qiziquvchi yoshlar uchun «Digital Generation Camp» yozgi oromgohi tashkil etildi
15:46 / 15.06.2019