Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Koutino bilan kelishuvga erishdi
«Barselona» «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino bilan kelishuvga erishdi. RAC1’ning xabar berishicha, o‘yinchi Kataloniya klubiga o‘tishga rozilik bergan. «Barselone» futbolchining transferi haqida «Liverpul» bilan bir qarorga kelishi qolgan xolos.
Ta'kidlanishicha, «Liverpul» Koutinoni qo‘yib yuborishga tayyor, biroq futbolchining transferi uchun kamida 100 mln. yevro taklif etishlari lozim bo‘ladi. Avvalroq OAV qizillar o‘yinchini ko‘k-anorranglilarga 80 mln yevro evaziga berib yuborish bo‘yicha taklifni rad etishgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Koutino Angliya chempionatining avvalgi mavsumida 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mavzuga oid
11:38 / 17.02.2026
«Barsa» derbida yutqazdi va peshqadamlikni boy berdi
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026