Sport | 23:25 / 28.07.2017
19669
2 daqiqa o‘qiladi

Aqldan ozayotgan raqamlar. «Monako» Mbappe uchun yangi narx belgiladi

«Monako» klubi hujumchisi Kilian Mbappe mavsum yakuniga yetgach, jamoani tark etishi mumkin. Bu  L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Mbappeni jamoa faqatgina 200 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini bildirgan. Oldinroq, «Monako» vitse-prezidenti Vadim Vasilev 18 yoshli forvardning transferi bo‘yicha «Real» bilan 180 million yevro evaziga kelishuvga erishgani haqidagi xabarni rad etgandi.

Mbappe uchun bugungi kunda «Real», «Manchester Siti» va «PSJ» da'vogarlik qilmoqda. Futbolchining xizmatiga shuningdek «Barselona» ham qiziqish bildirgan. Shu boisdan ham «Monako» uni yanada qimmatroq narxga sotishni mo‘ljallab turibdi.

«Monako» transferlardan hozirga qadar 167,5 million yevro ishlab topishga ulgurdi. Jamoa Bernardu Silvu va Benjamena Mendini «Manchester Siti»ga, Temue Bakayokoni esa «Chelsi»ga transfer qildi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid