Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyurmasa ham qiyin: haydovchi yangi Ferrari avtomobilidan xarid qilgach bir soatda ayrildi
Britaniyalik haydovchi Ferrari mashinasini xarid qilganidan 1 soat o‘tar-o‘tmay, undan ayrildi. Sportkar yo‘ldan chiqib ketib, jiddiy talofat ko‘rgani sababli yonib ketgan. Bu haqda South Yorkshire politsiyasining Facebook sahifasida ma'lum qilingan.
Avtofalokat oqibatida mashinaning deyarli birorta yaroqli joyi qolmagan. Kuzovi va boshqa agregatlari to‘liq yo‘q bo‘lgan. Shunga qaramay, haydovchi jabrlanmagan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar mashina modelini so‘rashganida haydovchi bir soat avval Ferrari 430 Scuderia modelini xarid qilganini aytgan. Hozirda falokat sabablari o‘rganilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, hodisa vaqtida yo‘l usti sirpanchiq bo‘lgan.


Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026