O‘zbekiston | 12:53 / 29.07.2017
16825
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashlariga raislar saylab bo‘lindi

Qashqadaryoda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashlariga raislar saylab bo‘lindi

Joriy yilning 24–29 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi shahar va tuman Kengashlarining  kengaytirilgan yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Kun.uzga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.

Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tarkibini va tuman Kengashi raisini saylash hamda Ijroiya Qo‘mitasi tarkibi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Sattarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan joriy yil 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi oldida turgan vazifalar haqida so‘zlagan bo‘lsa, tuman hokimlari Yoshlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash oldida turgan dolzarb vazifalar haqida ma'ruza qildi.

Quyida viloyatning 15 ta shahar va tuman Kengashi raisligiga yangi saylangan rahbarlar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Allayev Davronbek Dolli o‘g‘li (Qarshi shahri)
2. Islamov Sherzod Xalilovich (Shahrisabz shahri)
3. Tilovatov Abulvafo Fozilovich (Qarshi tumani)
4. Haydarov Rizomat Shukiraliyevich (Qamashi tumani)
5. Suyunov Asror G‘ulomovich (Koson tumani)
6. Sharapov Xurshid Umidillayevich (Mirishkor tumani)
7. Rahmonov Akmal Jo‘raqulovich (Muborak tumani)
8. Yangiyev Abdushukur Erkinovich (Shahrisabz tumani)
9. Diyorov Laziz Quqanovich (Yakkabog‘ tumani)
10. Umarov Shuhrat Azamatovich (Nishon tumani)
11. Normurodov Oybek Abdumo‘minovich (Dehqonobod tumani)
12. Rasulov Jasur Qurbonnazarovich (Kitob tumani)
13. Bazarov Farid Uralovich (G‘uzor tumani)
14. Boboqulov Sanjar Rasulovich (Chiroqchi tumani)
15. Yo‘ldoshev Jasurbek Buanazarovich (Kasbi tumani)

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid