Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: 11-sinf miqyosida ham ma'lum mutaxassisliklar bo‘yicha kasb olish imkoniyati yaratiladi
Kun.uz tahririyati O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 10- va 11-sinflar masalasida aniq, ravshan topshiriq qo‘yilgan. Ko‘p uchrashuvlarda pedagoglar, kollej o‘qituvchilari, ota-onalardan fikrlari so‘ralgan.
“Hozirgi kunda har bir maktabda jurnallar yuritilgan. Ota-onalar kelib, yozib berayapti: “Biz 10-, 11-sinfni xohlaymiz”, “Biz xohlaymiz kollejga borishni”, “Biz falon kollejga borib topshirdik, u yerda tanlov ekan, agar o‘tmasak, bu yerga qaytib kelamiz” yoki “Biz u yerda o‘tmasak, boshqa kollejga boramiz” deb. Shunday to‘rtta variantlar jurnallarga kiritildi. Hozir har bir viloyatda komissiyalar ishlamoqda va ularning ma'lum natijalari umumlashtirilmoqda. Endi bu borada yechimga kela olmayotganlar ham bo‘lishi mumkin. Bu ularning ixtiyori.
Hozir yoki u, yoki degan masala yo‘q. Hozirgi yilda maktabga boradigan qismi maktabda 10-, 11-sinfni o‘qiydi. Kollejga boradigan qismi 3 yil o‘qiydi. Bundan keyin bu tizim, model ishlanadi. Hozir buning konsepsiyasining yaratilishi bo‘yicha topshiriq qo‘yilgan. 11-sinf miqyosida ham ma'lum mutaxassisliklar bo‘yicha kasb olish imkoniyati yaratiladi. Shu ikki yilning ichida olish mumkin bo‘lgan kasblar olinadi. Bolalar 11-sinfdan qandaydir kasb bilan chiqadi. Ko‘proq ishchi kasblari, undan keyin bir qismi institutga kiradi, bir qismi esa o‘zining egallagan kasbi bilan mehnat bozoriga chiqishi mumkin, bir qismi kollejlarga”, - deydi vazir.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
19:00 / 26.12.2021
Kitoblar qayerda? O‘zMUda yo‘qolgani aytilayotgan qadimiy qo‘lyozmalar bilan bog‘liq vaziyat chigallashmoqda
19:43 / 19.01.2021