Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi harbiy paradda yangi texnika namoyish etildi
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi tashkil etilganiga 90 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda milliy mahsulot bo‘lmish yangi qit'alararo ballistik raketa namoyish etildi.
TASS nashri Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib xabar berishicha, DF-31AG raketasi 10 ming km masofagacha uchib bora oladi.
Agentlikning qayd etishicha, paradda o‘n mingdan ortiq harbiylar va yuzlab harbiy texnikalar (129 samolyot va quruqlikda harakatlanuvchi 571 harbiy texnika) qatnashgan.

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi 1927 yil 1 avgustida tashkil etilgan. 2015 yil sentabrida Si Jingpin Xitoy 2017 yil oxiriga qadar mamlakat armiyasi harbiylari soni 300 mingga qisqarishini ma'lum qilgandi. Shunga qaramasdan hozirda Xitoy armiyasi dunyodagi eng yirik armiya hisoblanadi, uning tarkibida 2 million harbiy xizmatchi bor.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026