Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kompaniyalari 6 yil ichida daromadning eng yirik o‘sishiga erishishdi
Amerikaning yirik kompaniyalari ketma-ket ikkinchi chorakda ham ikki sonli daromad darajasiga erishmoqda, bu 2011 yildan beri kuzatilmagandi, deb xabar qilgan The Wall Street Journal.
Aniqlik kiritilishicha, bu holat xarajatlarni qisqartirish, dollarning kuchsizlanishi, shuningdek, aholining iste'mol imkoniyatlari o‘sishi bilan bog‘liq.
Nashrning Thomson Reuters agentligi ma'lumotlariga asosan ta'kidlashicha, ikkinchi chorakda S&P 500 indeksi vakillarida o‘rtacha daromad hajmi 11 foizga teng bo‘ladi. Birinchi chorakda bu ko‘rsatkich 15 foizni tashkil qilgandi.
Bundan tashqari, ma'lum qilinishicha, kompaniyalar daromadi Oq uy siyosiy mojarolar sabab va'da qilingan va mamlakatda biznesni rag‘batlantirishga qaratilgan qator choralarni qabul qila olmaganiga qaramay o‘sib bormoqda.
Ko‘plab kompaniyalar tomonidan so‘nggi yillarda qabul qilingan xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha dasturlar o‘z mevasini bera boshladi. Masalan, joriy chorakda sotuvlar darajasi o‘rtacha 5 foizga o‘sdi, dollarning kuchsizlanishi esa korporatsiyalarga o‘z mahsulotlarini xorijda osonlik bilan sotishga imkon berdi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026