Sport | 15:00 / 31.07.2017
7562
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Neymar o‘rniga Koutinoni sotib oladi

«Barselona» «Liverpul»dan Filippe Koutinoni transfer qiladi.

Sport.es xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar jamoasi 25 yoshli ushbu braziliyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzish borasida kelishuvga erishgan. Uning transferi uchun mersisaydliklarga 85 million yevro to‘lanadi.

«Liverpul» Koutinoni sotishni istamayapti, ammo futbolchi rahbariyatga «Barselona»ga o‘tmoqchi ekanini ma'lum qilgan. Bundan avvalgi xabarlarda inglizlar klubi ushbu havbeki uchun 150 mln yevro talab etishini ma'lum qilgandi.

Agar «Liverpul» Koutinoni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lsada, uni Chempionlar ligasining ilk o‘yiniga tushirmoqchi.

«Barselona»da «PSJ»ga yo‘l olayotgan Neymar o‘rnini bosishi kutilayotgan Koutino «Liverpul»da 2013 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan vaqt ichida mersisaydliklar safida 181 uchrashuvda maydonga tushib, 24 gol urgan va 37 golga uzatma bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid