O‘zbekiston | 14:07 / 31.07.2017
6740
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston joriy yilda 50 ming tonna qora metallar mahsulotini import qiladi

O‘zbekistonga 50 ming tonna qora metallar import qilinadi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublikaning qora metallar prokati va metallurgiya xomashyosiga qo‘shimcha ehtiyojlarini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston 2017 yilda 50 ming tonna qora metallar prokatini ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan shartnomalar bo‘yicha, tender savdolari o‘tkazmay import qiladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ qora plakat importchisi hisoblanadi. Shundan so‘ng mahsulot qishloq joylar va shaharlarda arzon uy-joy, poytaxt metropolitenining Sergeli va Yunusobod yo‘nalishlari, halqa elektrpoyezdi va h.k.larning qurilishi bo‘yicha buyurtmachilarga sotiladi.

Import buyurtmachilarga arzon uy-joylar, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha muassasalari va yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlarini qurish uchun ajratilgan mablag‘ evazidan; metallurgiya xomashyosi "O‘zmetkombinat" AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi – tasdiqlangan hajm balansiga qo‘shimcha 20 ming tonna.

O‘zbekiston rahbari ba'zi kompaniyalarga 2019 yilning 1 yanvariga qadar bojxona va soliq imtiyozlarini taqdim etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid