29 iyun kuni Özbekistondagi birja savdolarida 1 tonna AI-92 markali benzin bahosi 13 mln 919 mln sömgaça kötarildi. Bu – rekord körsatkiç sanaladi. 30 iyun kuni narx qisman arzonlaşgan bölsa-da, (1 tonna mahsulot uçun — 13 mln 844 ming söm) hali ham yuqoriligiça qolyapti.

Narxlar iyun oyining boşiga nisbatan 11,2 foizga oşgan. Xususan, 1 iyun kungi savdolarda 1 tonna AI-92ning örtaça narxi 12 mln 446 ming sömni taşkil etgan.

1 iyundan 5 iyungaça bölgan davrda birjadagi taklifi hajmi eng kamida 3 ming tonnani taşkil qilgan. Masalan, 4 iyun kuni 4088 tonna mahsulot sotuvga qöyilgan. 16 iyun kungi savdolarda esa taklif hajmi 7705 tonnagaça yetgan.

Oyning ikkinçi yarmidan boşlab esa birjaga çiqarilgan benzin miqdori kamaya boşlagan. Xususan, 17 iyunda bu körsatkiç 1650 tonnagaça qisqaradi. Aynan 17 iyundan 29 iyungaça bölgan davrda taklif hajmi 2400 tonnaga ham yetmagan. Narxlarning keskin oşişi 4-8 iyun oraliğida yuz bergan. Bu davrda 1 tonna AI-92 12 mln 473 ming sömdan 13 mln 788 ming sömgaça yoki 10,5 foizga qimmatlaşgan.

Benzin importiga qaramlik

Özbekistonda neft qazib oliş va qayta işlaş quvvatlari mavjud bölsa-da, içki ehtiyojni töliq qoplaş uçun importga boğliqlik yildan yilga oşib boryapti. Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-may oylarida 373 mln dollarlik 642 mln litr benzin import qilingan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan miqdor jihatdan 84 foizga, qiymat jihatdan esa 85 foizga köp. Oxirgi oylarda içki talabning qariyb teng yarmi taşqaridan olib kirilayotgan benzin hisobiga qondirilyapti.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 5 oyida Özbekistonda 502,2 ming tonna benzin işlab çiqarilgan. Bu tahminan 670 mlndan 678 mln litrgaça bölgan körsatkiç.

Öz navbatida içki işlab çiqariş hajmi ham oxirgi 2 yilda sezilarli darajada kamaydi. Masalan, 2023 yilda 1 mln 333 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç 2025 yilda 1 mln 200 ming tonnagaça yoki 10 foizga qisqargan.

Rossiyada taqçillik

Rossiyada bir oydan buyon yonilği taqçilligi kuzatilyapti. Ukraina armiyasining neftni qayta işlaş zavodlari böylab töxtovsiz zarbalari neftni qayta işlaş hajmini keskin darajada qisqartirib yubordi. Köplab yonilği quyiş şoxobçalariga benzin yetkazilişi töxtab qoldi, hududlardagi rasmiylar esa uni sotişga çeklovlar örnatdi, şu bilan bir vaqtda, iste’molçilar talabni haddan taşqari oşirib yuborişda ayblanyapti. Inqirozning real kölamini baholaş qiyin, çunki Rossiya hukumati köplab ma’lumotlarni oçiqlamayapti.

Özbekistondagi narxlarning oşişi ham Rossiyadagi yonilği taqçilligi bilan bir paytda yuz beryapti. Çunki, mamlakatga import qilinadigan benzinning asosiy qismi Rossiyadan olib kelinadi.

Çakana narxlar özgarişi

Birjadagi qimmatlaşiş şahobçalardagi çakana narxlarning oşişiga ham sabab bölyapti. Xususan, iyun oyi boşidan beri poytaxtdagi AYoQŞlarda import AI-92 narxi sezilarli darajada kötarilgan.