O‘zbekiston | 16:54 / 02.08.2017
6390
2 daqiqa o‘qiladi

ICT Expo 2017 qatnashchilari uchun yangi chodirli pavilon va qo‘shimcha ko‘rgazma stendlari barpo etiladi

“O‘zekspomarkaz”da o‘tadigan ICT Expo 2017 ko‘rgazmasi qatnashchilari endilikda umumiy maydoni 40 kvadrat metrga teng bo‘lgan qo‘shimcha stendlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shu yilning 19-21 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ICTEXPO 2017 ko‘rgazmasining o‘tkazilishidan asosiy maqsad - axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish etish. 

Ko‘rgazmada qatnashishga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olgan xolda haftalikning tashkiliy qo‘mitasi ko‘rgazma stendlari uchun qo‘shimcha maydonlar ajratdi. Endilikda, har bir ehtimoliy ishtirokchi 5-chodirli pavilonda 10 kvadrat metrdan 40 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonga onlayn tarzda buyurtma berishi mumkin. E'tiborlisi shuki, bunday qo‘shimcha pavilon birinchi marotaba ochilmoqda. Hozirgi vaqtga kelib ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 40dan ortiq kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan.

Joylarga buyurtma berish va ariza topshirish mexanizmi www.ictweek.uz saytida oson va tushunarli tarzda tasvirlangan. 

Saytning tegishli bo‘limlarda tegishli bo‘limlarda ko‘rgazmada qatnashish shartlari, qiymati va to‘lov shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ko‘rgazma ustunlarini qurish va o‘rnatish shartlari, hamda ICT Expo 2017 ko‘rgazmasi ish tartibi va qatnashuvchilar, mehmonlar va jurnalistlar uchun qo‘shimcha ma'lumotlar batafsil ko‘rsatilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid