Jamiyat | 19:07 / 21.12.2023
10657
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zekspomarkazda Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

12-15 dekabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida tashkil etilgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova, vazirlik hamda Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimlari, sanoat va moliya kompaniyalari rahbarlari, tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida umumiy maydoni 15 000 kv.m.ni tashkil etgan ekspozitsiyalarda jami 4 627 ta tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etib, shulardan 763 ta ishlab chiqarish korxonasi o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilgan 6 181 turdagi mahsulotlar bilan qatnashdi. Yarmarka davomida yangi loyihalar doirasida “mahalliy kontent” ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Reklama

Mavzuga oid