Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Majidov: O‘zbekistonda abituriyentlar soni o‘sganiga qaramay, OTMga qabul kvotalari o‘zgarmagan
Foto: Xalqaro press-klub
O‘zbekistonda OTMlarga kirish bo‘yicha o‘rtacha tanlov bir o‘ringa 11 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, oliy ta'lim olishni istovchilar soni har yili 10-15 foizga oshib bormoqda. Xususan, 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlarida ishtirok etish uchun 730 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirgan. Bu raqam 2016 yilda 660 mingni tashkil etgan. O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan sessiyada shu haqda ma'lum qildi.
Ammo, shunga qaramay, O‘zbekistonda ko‘p yillar mobaynida oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish kvotalari o‘zgarmay kelayotgan edi. Joriy yili bu borada ham o‘zgarishga qo‘l urildi hamda OTMga talabalarni qabul qilish kvotalari respublika bo‘yicha 10 foizga oshirildi.
Majidovga ko‘ra, qabul qilinadigan talabalarni birdaniga 10 foizga oshirish ham katta ko‘rsatkichdir. Chunki, buning uchun oliy ta'lim muassasalarida jiddiy tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Qolaversa, moddiy baza, pedagog o‘qituvchilar, o‘quv laboratoriyalar kerak bo‘ladi.
Vazirning e'tirof etishicha, o‘zbek yoshlarida oliy ta'limni olishga qiziqish juda ham yuqori. Shu boisdan ham abituriyentlar va talabalikka qabul qilinuvchilar o‘rtasidagi munosib raqobatni ta'minlash sohasida ko‘p ishlar qilinishi kerak.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023