Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr qo‘lga olingan qozog‘istonlik 6 nafar talabani deportatsiya qildi
Foto: Qozog‘iston TIV
Misr milliy xavfsizlik xizmati mamlakatdan olti nafar qozog‘istonlik talabani deportatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati rahbari Anvar Jaynakov xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda «Interfaks».
«Hozirgina qozog‘istonlik diplomatlar hamrohligida mamlakatimizning olti nafar fuqarosi Qohiradagi aeroportga olib kelindi. Ular Qozog‘istonga uchib kelishadi», - deya ma'lum qildi u.
Jaynakovning ta'kidlashicha, 1 avgust kuni kechqurun Misr hukumati Qozog‘iston elchixonasi bilan bog‘langan va qozog‘istonliklar deportatsiya qilinayotgani haqida xabar bergan.
«Shundan so‘ng Qozog‘iston konsuli aeroportga tegishli jarayonlarni tashkillashtirish uchun bordi va qozog‘istonlik fuqarolar bilan uchrashdi. Ularning ahvoli yaxshi. Yaqin orada Qozog‘istonda bo‘lishadi», - deya qayd etdi diplomat.
Shu bilan birga, Jaynakovning ta'kidlashicha, «Misrda olti nafar qozog‘istonlik nega qo‘lga olingani oshkor etilmayapti».
Qohiradagi til kurslarining tinglovchilari bo‘lgan olti nafar qozog‘istonlik talaba 20 iyuldan boshlab aloqaga chiqmay qo‘ygan. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, ularning bari Misr xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va ushbu davlat hududida saqlangan.
1 avgust kuni Qozog‘iston TIV ushbu holat tufayli Misr tashqi siyosat idorasiga protest yubordi.
Mavzuga oid
20:35 / 09.04.2026
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi
10:16 / 26.03.2026
Shvetsiyadan 14 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
22:21 / 10.03.2026