Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 8 smartfonining bosh funksiyasi tasodifan oshkor qilindi
Foto: REUTERS/Aly Song
Yangi iPhone 8 smartfoni inson yuzini tanish imkoniyatini oladi. Bunday fikrga Apple’ning yangi proshivkasini (mikrodastur) o‘rgangan mutaxassislar kelishdi.
Texnologiya Pearl ID deb nom olgan va barmoq izi skaneri Touch ID’ning o‘rniga keladi. Shu tariqa, agar smartfon egasi uning yonida bo‘lsa, qurilmani blokdan chiqarish mumkin bo‘ladi. Agar bu odam begona bo‘lsa, qurilma blokdan chiqmaydi. Bundan HomePod aqlli karnayining dasturiy qismini o‘rganish vaqtida mutaxassislar tomondan topilgan dasturning com.accessibility.resting.pearl.unlock qatori darak bermoqda.
Yangi funksiya mustaqil ishlashi yoki Touch ID’ga qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:23 / 28.10.2017
OAV: Saudiya Arabistonida to‘yga kelgan mehmonlarga "ayfonlar" sovg‘a qilindi
15:05 / 20.10.2017
iPhone 8 smartfonlarini ishlab chiqarish ikki baravarga qisqarishi kutilmoqda
16:40 / 15.10.2017
iPhone X'ning zaryadsiz ishlash vaqti barcha smartfonlarni ortda qoldiradi
19:10 / 06.10.2017