Apple kompaniyasi iPhone X sabab iPhone 8 smartfonini işlab çiqarişni ikki baravarga qisqartiradi. Işlab çiqarilişi yölga qöyilgan bu gadjyetning jahon savdosi unga safarbar etilgan mablağlarni oqlamayapti. Insayderlarning bu haqidagi xabari korporatsiya aksiyalari narxini 1,5 foizga pasaytirdi.
Maşhur brendning yangi qurilmasiga talab u qadar katta bölmayotganiga doir xabarlar tölqini fonida Apple'ning qimmatbaho qoğozlari narxi pasaydi. Ta'kidlanişiça, dunyoning köplab mamlakatlarida iPhone 8 sotuvlariga nisbatan iPhone 7 smartfoni muvaffaqiyatli sotilmoqda. Manbalarning xabar berişiça, korporatsiya ştab-kvartirasida joriy yilning noyabr-dekabr oyidan iPhone 8 smartfonini işlab çiqariş sur'atlarini pasaytiriş töğrisida qaror qabul qilingan. Ekspertlarning taxminlariga köra, korporatsiyaning yarmi iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarini işlab çiqariş bilan band, ikkinçi yarmi esa iPhone X va Watch aqlli soatlarini işlab çiqariş bilan şuğullanmoqda.
Buyurtmalar va real savdolar hajmi pasayganidan keyin işlab çiqarişning 60-70 foizi yil oxiriga borib yangi modelni işlab çiqarişga yönaltiriladi. iPhone X relizi noyabr oyi boşiga möljallangan, gadjyet eng yangi Face ID texnologiyasi bilan ta'minlanadi, smartfon sotuvlarining ilk bosqiçida ötkir tanqislik kuzatilişi taxmin qilinmoqda.










