23:30 / 08.08.2017
12389

Muhojirlar oilasi San-Frantsiskodagi butun bir ko‘chani sotib oldi

AQShning San-Xose shahrida yashovchi muhojir er-xotin Tina Lem va Maykl Chen San-Frantsiskodagi nufuzli ko‘chalardan birini mahalliy aholining xatosi tufayli sotib oldi.

Ta'kidlanishicha, ko‘chada yashovchi uylarning egalari 30 yil davomida har yilgi 14 dollarlik soliq badalini to‘lamay kelganlar. Bu barcha badallar haqidagi eslatmalar nufuzli Presidio Terrace mavzesi uyushmasining sobiq vakili manziliga kelgan. Natijada 2015 yilda soliqlar to‘lanmagani uchun ko‘cha internet-auksionga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Mercury News portali.

Shu tariqa juftlik atigi 90 000 dollar evaziga mashhur siyosatchi va senatorlarning ko‘chmas mulklari joylashgan nufuzli hududni sotib oldi. Juftlik ko‘chani mahalliy aholiga qaytib sotish niyati yo‘qligini hamda undagi avtoturargohlar uchun to‘lov olish g‘oyasi haqida o‘ylayotganini aytgan. Ma'lumki, ushbu hududda 120 ta avtomobil qo‘yish joyi mavjud.

Presidio Terrace‘dagi uylar egalari mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bitimning qonuniyligi tekshirilishini so‘rab murojaat qilganlar. 

Top