Yöl harakatini taşkil etiş va monitoring markazi ma’lum qilişiça, avval Ekopark tomonidan harakatlanib kelgan va Movarounnahr hamda Mahatma Gandi köçalari tomon yönaliş olmoqçi bölgan haydovçilar ruxsat etilgan joyda qayriliş uçun 2 kilometrdan ortiq masofani bosib ötişga majbur edi.

Endilikda esa qayrilib oliş imkoniyati bevosita Abdulla Qodiriy köçasining özida taşkil etildi. Buning natijasida haydovçilar uçun taxminan 500 metr masofani bosib ötişning özi yetarli bölmoqda.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga köra, qayrilib oliş uçun zarur bölgan harakat yöli qariyb tört baravarga qisqargan. Şu bilan birga, avval uşbu manyovrni amalga oşiriş uçun 6–8 daqiqa vaqt sarflangan bölsa, hozir bu körsatkiç örtaça 1,5–2 daqiqani taşkil etmoqda.

Bu esa har bir haydovçi uçun birgina qayriliş jarayonida örtaça 4–6 daqiqa vaqt tejalişini anglatadi.

Mas’ullar ta’kidlaşiça, mazkur yönalişdan har kuni minglab transport vositalari foydalanişini hisobga olganda, özgariş nafaqat haydovçilar uçun qulaylik yaratadi, balki qöşni köçalardagi ortiqça transport oqimini ham kamaytirişga xizmat qiladi.

YHTEM Toşkent şahrida harakatni taşkil etiş tizimini bosqiçma-bosqiç takomillaştiriş, yöl harakati xavfsizligi va transport oqimining samaradorligini oşiriş böyiça işlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi.